Senat Oʻzbekiston Oliy sudining yangi sudyalarini tasdiqladi
Senat Oʻzbekiston Oliy sudining yangi sudyalarini tasdiqladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 16-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Akmaljon Alijonov, Dilfuza Dadadjanova, Dilfuza Jurayeva, Oʻtkir Razikov, Sardor Raxmudinov, Muxiddin Sultonov, Jaxongir Turdimuradov, Luiza Xalitova, Abdusaid Xojiyev va Marat Ergashev oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
UzDaily
·
👁 43 views
·
14.06.2026 · 09:30