Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etiladi

Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etiladi
 

Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib 2026 – 2028 yillarda 172 ming gektarsanoatlashgan bog‘lar barpo etish belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan: eskirgan bog‘larni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida sanoatlashgan bog‘lar barpo etish yoki haydaladigan yerlar turiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani (xulosa) qabul qilish vakolati Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga ham beriladi;

Agentliktomonidan xulosa berilgan sanadan boshlab:

12 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i va suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3 baravarga oshiriladi;

24 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlarda suv olish taqiqlanadi.

2026 yil 1 iyuldan bog‘ yaratishga doir hujjatlar asosidaeskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi:

tijorat banklari orqali 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada(shundan, bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada har bir gektarga 120 mln so‘mgacha miqdorda kreditlar;

xalqaro moliya institutlaridan meva-sabzavotchilik sohasi uchun jalb qilingan resurslar hisobidan ochilgan kredit liniyalaridan tadbirkorlarga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yillik stavka 14 foiz(shundan, bank marjasi 4 foiz) etib belgilanadi;

xorijiy davlatlardan “in-vitro” usulida yetishtirilgan va sertifikatga ega mevali ko‘chatlarni import qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari orqali 18 oygacha muddatga milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz), har bir mevali ko‘chat uchun 5 AQSH dollarigacha ekvivalentida kreditlar ajratiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling