O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Samarqand viloyati va Yaponiyaning Deloitte Tohmatsu kompaniyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

UzDaily · 19.06.2026 · 20:15 · 29 views
Samarqand viloyati va Yaponiyaning Deloitte Tohmatsu kompaniyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

Samarqand viloyati va Yaponiyaning Deloitte Tohmatsu kompaniyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Yaponiyaning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri – "Deloitte Tohmatsu LLC" kompaniyasi rahbari Kavamura Yoji bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda Yaponiya bilan hamkorlik Samarqand viloyati uchun muhim yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlanib, ayniqsa yuqori texnologiyalar, sanoat modernizatsiyasi va samarali boshqaruv tajribasini jalb etish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar "Deloitte Tohmatsu LLC" kompaniyasining investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, biznes konsalting va korporativ transformatsiya borasidagi tajribasini inobatga olib, Yaponiya investorlarini Samarqandga jalb etish masalalarini muhokama qildi.

Viloyatning sanoat, to‘qimachilik, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, turizm va logistika kabi yo‘nalishlardagi salohiyati alohida qayd etilib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish ustuvor vazifalardan biri ekani aytildi.

Shuningdek, yapon ishbilarmon doiralari uchun hududning investitsiyaviy imkoniyatlarini targ‘ib qilish, istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro o'zaro anglashuv memorandumini imzolab, ushbu muloqot Samarqand viloyati va Yaponiya biznes vakillari o‘rtasida yangi investitsiyaviy hamkorlik bosqichini boshlab berishiga ishonch bildirildilar.

UzDaily · 👁 29 views · 19.06.2026 · 20:15