Qahramon Isroilov O‘zbekiston harbiy prokurori etib tayinlandi
Qahramon Isroilov O‘zbekiston harbiy prokurori etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan Otabek Xolboyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari — mamlakat Harbiy prokurori lavozimidan ozod qildi.
Davlat rahbarining boshqa farmoni bilan Qahramon Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari — Harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar Qahramon Isroilov harbiy prokuror o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Xolboyev 2025 yil may oyida O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari — Harbiy prokuror lavozimiga tayinlangan edi.
UzDaily
·
👁 504 views
·
19.05.2026 · 20:00