Poytaxtda 2 million gul bilan Gullar festivali o‘tmoqda

Poytaxtda 2 million gul bilan Gullar festivali o‘tmoqda
 

Poytaxtda 2 million gul bilan Gullar festivali o‘tmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtda Gullar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida shahar hududlarida gul kompozitsiyalari va tashrif buyuruvchilar uchun obodonlashtirilgan hududlar namoyish etilmoqda. Tadbir kengaytirilgan infratuzilma va kuchaytirilgan jamoat xavfsizligi choralari bilan taʼminlangan.

Festival hududida 2 millionta guldan iborat kompozitsiyalar yaratilgan. Bu yerda to‘qqiz xil rang tusidagi 20 dan ortiq o‘simlik turlari namoyish etilmoqda, shuningdek, 18 ming tup buta ekilgan. Hududlar sayr va fotosuratga olish uchun mo‘ljallangan tematik maskanlar sifatida bezatilgan.

Hududni tashkil etish va xizmat ko‘rsatish ishlariga 35 ta maxsus texnika va obodonlashtirish xizmatiga tegishli 2 ming nafar xodim jalb qilingan. Shuningdek, mehmonlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va tashrif buyuruvchilar oqimini muvofiqlashtirish uchun 300 nafardan ortiq volontyor faoliyat yuritmoqda.

Tashrif buyuruvchilar uchun 12 ta ovqatlanish nuqtasi va 80 dan ortiq fotozona tashkil etilgan. Infratuzilma festival davomida ko‘p sonli mehmonlarni qabul qilishga mo‘ljallangan.

Jamoat tartibini taʼminlash huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu ishlarga 200 nafar ichki ishlar organlari xodimi, 156 nafar Milliy gvardiya xodimi, otliq guruhning 12 nafar xodimi, shuningdek, xizmat itlari bilan to‘rt nafar kinolog jalb etilgan.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling