O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

YUNЕSKO va O‘zbekiston hamkorligi doirasida sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha tadbirlar boshlandi

UzDaily · 20.08.2025 · 22:15 · 1434 views
YUNЕSKO va O‘zbekiston hamkorligi doirasida sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha tadbirlar boshlandi

YUNЕSKO va O‘zbekiston hamkorligi doirasida sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha tadbirlar boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20-avgust kuni Toshkent shahrida YUNЕSKO tashabbusi bilan “O‘zbekistonda sun’iy intellektga tayyorlikni baholash metodologiyasi (RAM)” tadqiqotini ochish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos nutqi bilan qatnashdi. 

U o‘z nutqida mazkur loyiha mamlakatimizda sun’iy intellektni mas’uliyatli va shaffof tarzda joriy etish, axloqiy mezonlarni ta’minlash hamda global me’yoriy qoidalarga moslashishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, 22-avgust kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazilishi belgilangan. 

Yig‘ilish doirasida tadqiqotning amaliy yo‘nalishlari va milliy qonunchilikka integratsiya qilish masalalari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, joriy yil 30-oktyabrdan 13-noyabrgacha Samarqand shahrida YUNЕSKOning bosh konferensiyasi o‘tkaziladi.