O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Bekzod Usmanov E-Auksion kompaniyasiga rahbar bo‘ldi

UzDaily tahririyati · 03.07.2026 · 22:35 · 35 views
Bekzod Usmanov E-Auksion kompaniyasiga rahbar bo‘ldi

Bekzod Usmanov E-Auksion kompaniyasiga rahbar bo‘ldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bekzod Usmanov «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» aksiyadorlik jamiyati (E-Auksion) direktori etib tayinlandi. Bu qaror jamiyatning yagona aksiyadori hisoblangan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilindi.

Mazkur lavozimda Bekzod Usmanov 2026 yil fevral oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari etib tayinlangan Sohibjon Murodovning o‘rnini egalladi.

Usmanov 2023 yil sentyabridan buyon Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulkidan samarali foydalanish markaziga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

E-Auksion kompaniyasi O‘zbekistondagi elektron onlayn-auksionlar platformasining operatori hisoblanadi.