O‘zbekiston va Xitoy sun’iy intellekt va raqamli ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda
O‘zbekiston va Xitoy sun’iy intellekt va raqamli ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari R. Karimjonov Xitoyning yetakchi “Shanghai Linkwise Data Intelligence” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida “O‘zbekistonda modulli intellektual hisoblash markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha erishilgan natijalarni muhokama qildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizda raqamli ta’lim yo‘nalishini yanada rivojlantirish, sun’iy intellektni ta’lim tizimiga joriy etish hamda ushbu yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, tajriba almashish va raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.