O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Navoiyda Soliq Mobile orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

UzDaily tahririyati · 03.07.2026 · 22:20 · 36 views
Navoiyda Soliq Mobile orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

Navoiyda Soliq Mobile orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament boshqarmasi xodimlari Soliq Mobile ilovasidan foydalangan holda byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishning navbatdagi holatini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, Navoiy shahrida 13 ta kompaniya xodimlari tovarlar yetkazib berish bo‘yicha jami 4,5 trillion so‘mlik elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirgan.

Shundan so‘ng mazkur mablag‘lar nazorat-kassa mashinalari orqali o‘tkazilib, tovarlarning aholiga chakana sotilgani haqidagi ko‘rinish yaratilgan va kassa cheklarini shakllantirish imkoniyati paydo qilingan.

Natijada Soliq Mobile ilovasi orqali 105 ming 524 nafar fuqaroning hisob raqamlariga jami 34,8 milliard so‘m miqdorida keshbek hisoblangan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, ushbu sxemada ishtirok etgan shaxslar mazkur mablag‘larni o‘zlashtirib olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.