O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Polina Kudermetova Uimbldon-2026da ishtirokini yakunladi

UzDaily tahririyati · 01.07.2026 · 11:00 · 26 views
Polina Kudermetova Uimbldon-2026da ishtirokini yakunladi

Polina Kudermetova Uimbldon-2026da ishtirokini yakunladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Polina Kudermetova Uimbldon-2026 turniridagi ishtirokini yakunlab, birinchi bosqich bahsida rossiyalik tennischi Lyudmila Samsonovaga mag‘lub bo‘ldi.

 

Uchrashuv Samsonovaning ikki setdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 6:3, 6:3. O‘yin 1 soat 13 daqiqa davom etdi.

O‘zaro bahsga qadar tennischilar ikki marta to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning har biri bittadan g‘alabaga erishgan edi.

Ikkinchi bosqichda Lyudmila Samsonova Rossiyaning yana bir vakili Diana Shnayderga qarshi kortga chiqadi. Shnayder musobaqadagi dastlabki uchrashuvida germaniyalik tennischi Yeva Lisni 7:5, 6:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Avvalroq O‘zbekiston vakilalari Kamilla Rahimova va Mariya Timofeyeva musobaqaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, turnirdagi ishtirokini davom ettirish huquqini qo‘lga kiritgandi.