“Oʻzeltexsanoat” Polshaning “Elkat” kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi
“Oʻzeltexsanoat” Polshaning “Elkat” kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Polshaga tashrifi doirasida Elkat kompaniyasining ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi.
Elkat – past kuchlanishli elektr apparatlari uchun butlovchi qismlar, jumladan, izolyatsiyalangan shinalar, taqsimlash bloklari va ulagichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati tizimi va texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.
Muzokaralarda O‘zbekiston elektrotexnika korxonalari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va o‘zaro mahsulot yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.