O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Oʻzbekiston va Yaponiya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

UzDaily tahririyati · 18.08.2026 · 12:40 · 7 views
Oʻzbekiston va Yaponiya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Oʻzbekiston va Yaponiya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Yaponiya Hukumatining imtiyozli kreditlari (ODA Loan) hisobidan yangi loyihalarni jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash borasida fikr almashdilar.

Aytish kerak, bugungi kunda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Yaponiyaning ilg‘or tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.