O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Xitoy parlamentlararo aloqalarni faollashtirish niyatida

Dilafro'z Niyazova · 07.09.2026 · 21:25 · 35 views
Oʻzbekiston va Xitoy parlamentlararo aloqalarni faollashtirish niyatida
Oʻzbekiston va Xitoy parlamentlararo aloqalarni faollashtirish niyatida / Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlarini yanada mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, "Markaziy Osiyo — Xitoy" formatida oʻzaro amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va strategik qarashlari tufayli hamkorlik har tomonlama strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi.

Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari rahbarlari va aʼzolarining oʻzaro tashriflari va muloqotlari dinamikasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Butunxitoy xalq vakillari kengashi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiya faoliyati ijobiy baholandi.

Oʻzaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirish maqsadida parlamentlar rahbarlarining muntazam muloqotlarini faollashtirish, parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatini mustahkamlash, tegishli qoʻmitalarning aloqalarini kengaytirish, qonunchilik sohasida tajriba almashish, birgalikda parlament va ekspert tadbirlarini oʻtkazish taklif etildi.

Oʻzbekistonning hududlarni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish, davlat boshqaruvini raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyotni yuksaltirish, kadrlar tayyorlash va innovatsiyalarni ragʻbatlantirish borasidagi Xitoy tajribasini oʻrganishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Uchrashuvda siyosiy partiyalar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi. "Markaziy Osiyo — Xitoy" formati mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni mustahkamlash uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratayotgani taʼkidlandi.