Oʻzbekiston va Qirgʻiziston geologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston geologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R. Yusupovning Qirg‘izistonga xizmat safari doirasida geologiya, tog‘-kon sanoati va yer osti suvlari boshqaruvi sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Muzokaralar davomida tog‘-kon va geologiya sohalarida qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish, geologiya-qidiruv ishlarida ilg‘or texnologiyalar almashinuvi, foydali qazilmalar konlarini birgalikda o‘rganish hamda qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va monitoring qilish bo‘yicha tajriba almashish, gidrogeologik modellashtirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashilmoqda.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.