O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Lixtenshteyn iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi

UzDaily tahririyati · 01.07.2026 · 11:30 · 35 views
Oʻzbekiston va Lixtenshteyn iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston va Lixtenshteyn iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 30-iyun kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki “Shveysariya guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi doirasida Lixtenshteyn Knyazligi Bosh vaziri – Moliya vaziri Brigitta Haas boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Lixtenshteyn Bosh hukumat ishlari va moliya vazirligi bosh kotibi Eve Bek, Lixtenshteyn Bosh hukumat ishlari va moliya vazirligi katta maslahatchisi Daniela Sele, O‘zbekiston Markaziy banki raisi Timur Ishmetov, Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va Lixtenshteyn o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, moliyaviy sohadagi hamkorlik istiqbollari hamda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida iqtisodiy aloqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Lixtenshteyn delegatsiyasi mamlakat xususiy sektorining O‘zbekiston iqtisodiyotiga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidlab, qurilish va tibbiyot kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar misolida hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish hamda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.