O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Suriyalik Kalash Trading distribyutori O'zbekistondan kabel sotib olishni rejalashtirmoqda

UzDaily tahririyati · 26.06.2026 · 22:45 · 31 views
Suriyalik Kalash Trading distribyutori O'zbekistondan kabel sotib olishni rejalashtirmoqda

Suriyalik Kalash Trading distribyutori O'zbekistondan kabel sotib olishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Suriyaning yirik distribyutorlik kompaniyalaridan biri — "Kalash Trading Company Ltd" rahbari Ahmad Kalash mahalliy elektrotexnika sanoatining eksport salohiyati bilan tanishish maqsadida "ProSab" kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon korxonada ishlab chiqarilayotgan kabel va sim-o‘tkazgich mahsulotlari assortimenti, ularning texnik xususiyatlari, sifat standartlari hamda zamonaviy ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kompaniyaning tashqi bozorlardagi faoliyati va eksport imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.

Ahmad Kalash “ProSab” mahsulotlarining yuqori sifati, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgani va xalqaro bozorlarda raqobatlasha olish salohiyatini yuqori baholadi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan kabel mahsulotlarini Suriya bozoriga yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilib, mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Ahmad Kalashning O‘zbekistonga tashrifi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, uning doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini o‘rganish va eksport shartnomalarini imzolash maqsadida qator korxonalarga tashriflar amalga oshirildi.