O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Hindiston bir qator kelishuvlarni imzoladilar

UzDaily tahririyati · 30.08.2026 · 23:47 · 37 views
Oʻzbekiston va Hindiston bir qator kelishuvlarni imzoladilar
Oʻzbekiston va Hindiston bir qator kelishuvlarni imzoladilar / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ishtirokida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ular savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa yoʻnalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda chuqurlashtirishga qaratilgan.

Jumladan:

– Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi yakunlari boʻyicha qoʻshma bayonot;

– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2026-2030-yillarga moʻljallangan madaniy almashinuvlar dasturi;

– Ayurveda va anʼanaviy tibbiyotning boshqa yoʻnalishlarida hamkorlik toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Fayoztepa va Qoratepa hududlarida arxeologik tadqiqotlar oʻtkazish toʻgʻrisida bayonnoma;

– Iqtisodiy va moliyaviy muloqot toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– 2026-2028-yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;

– Geologiya va mineral resurslar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Arxiv ishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Sushma Svaraj nomidagi Tashqi aloqalar instituti oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Samarqand viloyati va Gujarat shtati oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim.