Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinçi örinbosari Saidkaxxor Xolxöjayev 19 oktyabr kuni Gonkong Xitoy işlab çiqaruvçilari assotsiatsiyasi (CMA) prezidenti Vinko Lo boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv «Yangi Toşkent» direksiyasida bölib ötdi. Mehmonlarga Özbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari va Yangi Toşkent loyihalari taqdim etildi. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Muzokaralarda Gonkongning sanoat, savdo, moliya va zamonaviy texnologiyalar sohalarida faoliyat yurituvçi yetakçi kompaniyalari hamda moliya institutlari vakillari iştirok etdi.
Delegatsiya a’zolariga amaldagi soliq va bojxona imtiyozlari, davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlari hamda xorijiy investorlar uçun yaratilgan işlaş şart-şaroitlari haqida ma’lumot berildi.
Yangi Toşkent loyihalariga, jumladan, zamonaviy infratuzilma, tijorat obyektlari va xizmat körsatiş korxonalarini barpo etişga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, mehmonlarga erkin iqtisodiy zonalarda işlab çiqariş korxonalarini joylaştiriş imkoniyatlari taqdim etildi.
Tomonlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş va qöşma korxonalar taşkil qiliş istiqbollarini muhokama qildi.
Uçraşuv yakunida investitsiya taşabbuslarini yana-da puxta işlab çiqişning keyingi yönalişlari belgilab olindi.