O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Belarus parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 01.07.2026 · 17:00 · 22 views
Oʻzbekiston va Belarus parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Belarus parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Jоriy yilning 30-iyun kuni Oliy Majlis Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Belarus Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni, ayniqsa parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, parlament diplomatiyasini faollashtirish, oʻzaro tashriflar va qoʻshma tadbirlarni davom ettirish, shuningdek, xalqaro parlament maydonlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va strategik sheriklikni mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni kengaytirish hamda ikki va koʻp tomonlama formatlardagi amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyorligini bildirdi.