Toshkent metrosida “Kosmonavtlar” bekati yo‘lidagi mushuk qutqarildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda metro xodimi “Kosmonavtlar” bekati yo‘liga tushib qolgan mushukni qutqardi. Hayvon 16 avgust kuni soat taxminan 20:01 da ko‘rib qolingan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.
Vaziyatni metro xodimlari zudlik bilan nazoratga olgan. «Tunnel inshootlari» xizmati texnik yordam ustasi M. Mahmayusupov mushukni yo‘ldan olib, xavfsiz joyga chiqargan.
Metropoliten maʼlumotlariga ko‘ra, hayvon jarohat olmagan.
Hodisa poyezdlar harakati jadvaliga ham taʼsir ko‘rsatmagan.