O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Rossiya elchisi bilan uchrashdi

UzDaily tahririyati · 25.06.2026 · 12:10 · 35 views
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Rossiya elchisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Rossiya elchisi bilan uchrashdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston–Rossiya strategik sherikligi va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlararo aloqalarni mustahkamlash, turizm sohasidagi almashinuvlarni faollashtirish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan BMT, SHHT va MDH doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdi.