Oʻzbekiston Gonkongda biznes kechasini oʻtkazdi
Oʻzbekiston Gonkongda biznes kechasini oʻtkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —Gonkongning qoq markazida 150 nafardan ortiq O‘zbekiston tadbirkorlari hamda Gonkongning yetakchi biznes assotsiatsiyalari va rasmiy doiralari vakillari ishtirokida neformal biznes uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir anʼanaviy formatlardan voz kechib, erkin muloqot va jonli networking maydoniga aylandi.
"Bugungi uchrashuv — O‘zbekistonning ochiqlik siyosati va Gonkongning moliyaviy markaz sifatidagi imkoniyatlarini birlashtiruvchi muhim ko‘prikdir," — deya taʼkidladi Palata Raisi Davron Vaxabov.
Tadbir doirasida Gonkong ishbilarmon doiralari uchun O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan rasmiy taqdimot o‘tkazildi.
Bu yerda boshlangan suhbatlar tez orada yirik shartnomalar va mamlakatimiz iqtisodiyotiga kirib keluvchi yangi sarmoyalarga aylanishi kutilmoqda.