O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Beijing SaituoSen Biotechnology bilan hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily · 23.06.2026 · 12:20 · 41 views
Oʻzbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Beijing SaituoSen Biotechnology bilan hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Beijing SaituoSen Biotechnology bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoyning "Beijing SaituoSen Biotechnology" (LFD) kompaniyasi vakillari va olimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kompaniya mutaxassislari tomonidan onkologik kasalliklarni davolashga qaratilgan innovatsion dori vositalari, zamonaviy biotexnologik ishlanmalar hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Muzokaralar chog‘ida farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

UzDaily · 👁 41 views · 23.06.2026 · 12:20