O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Texnologiyalar

O‘zbekistonning UzTest kompaniyasi vakili Janubiy Koreyada bo‘lib, KCL bilan hamkorlikni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 06.10.2025 · 17:50 · 12356 views
O‘zbekistonning UzTest kompaniyasi vakili Janubiy Koreyada bo‘lib, KCL bilan hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekistonning UzTest kompaniyasi vakili Janubiy Koreyada bo‘lib, KCL bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi vakili Koreya Respublikasiga tashrif buyurib, KCL (Korea Conformity Laboratories) mutaxassislari bilan uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “UzTest” vakili KCL laboratoriyasida bo‘lib, sinov jarayonlari va ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Seul shahridagi yangi laboratoriyalarga ham tashrif buyurilib, ularning texnik imkoniyatlari o‘rganildi hamda istiqbolda amalga oshiriladigan yangi loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.