O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekistonlik besh nafar bokschi Liverpuldagi jahon chempionati finaliga yo‘l oldi

UzDaily · 13.09.2025 · 09:37 · 6737 views
O‘zbekistonlik besh nafar bokschi Liverpuldagi jahon chempionati finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik besh nafar bokschi Liverpuldagi jahon chempionati finaliga yo‘l oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Liverpul shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar vakili finalga yo‘l oldi.

Navbahor Hamidova finalga yo‘l oldi. Bokschimiz yarim finalda Xitoy Taypeyi vakilasi Chen Niyen-Chenni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Final 14 sentyabr kuni qozog‘istonlik Aida Abikeyevaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Abdumalik Xalokov ham finalda. Jang 2-raundda bokschimizning qoshidagi jarohat sababli to‘xtatildi. Bunday vaziyatda jang to‘xtatilgunga qadar olingan ochkolar hisoblanadi. Bu vaqtga kelib Xalokov jangda to‘liq ustunlikka erishayotgandi. Yakunda hakamlar Abdumalikning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi. Vakilimiz uchinchi bor kattalar o‘rtasida Jahon chempionati finaliga yo‘l oldi.

Fazliddin Erkinboyev ham finalga yo‘l oldi. Bokschimiz -75 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Jafarovni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda bolgariyalik bokschi bilan bahs olib boradi.

To‘rabek Xabibullayev ham finalda. Bokschimiz yarim finalda, -90 kg vaznda ispaniyalik Enmanuyel Reyes Plani 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

+90 kg vaznda Jahongir Zokirov xitoylik Danabiyeke Bayikevuzni 5:0 hisobida ishonchli mag‘lubiyatga uchratib, final bosqichiga yo‘l oldi.

UzDaily · 👁 6737 views · 13.09.2025 · 09:37