O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda Toyota mintaqaviy o‘quv markazi ochiladi

Dilafro'z Niyazova · 05.03.2025 · 22:10 · 643 views
O‘zbekistonda Toyota mintaqaviy o‘quv markazi ochiladi
O‘zbekistonda Toyota mintaqaviy o‘quv markazi ochiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-mart kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov "Summit Motors Central Asia" bosh direktori Xiroki Shukuya va "Sumitomo" kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Akira Ito bilan uchrashdi.

Tomonlar hamkorlikda ish olib borish rejalarini, jumladan, Toshkent shahrida Toyota avtomobillariga servis xizmat ko‘rsatish uchun mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha “Toyota” mintaqaviy o‘quv markazini tashkil etishni muhokama qildi.

Bundan tashqari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun markazlashtirilgan omborxona va texnik-nazorat markazini ochish ham rejalashtirildi.

Summit Motors Central Asia - 2018 yildan buyon Toyota’ning O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.