O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekistonda besh kunlik o‘quv haftasini joriy etish taklif qilindi

Dilafro'z Niyazova · 02.04.2025 · 19:50 · 572 views
O‘zbekistonda besh kunlik o‘quv haftasini joriy etish taklif qilindi
O‘zbekistonda besh kunlik o‘quv haftasini joriy etish taklif qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston fuqarolari ta’lim tizimida besh kunlik o‘quv haftasini joriy etish talabini ilgari surib, petitsiya boshladilar.

Xalq murojaatlari portalida maktablarning to‘liq besh kunlik ta’lim va ish jadvaliga o‘tishini taklif etuvchi murojaat joylashtirilgan.

Hozircha bu masala bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilinmagan. Agar petitsiya yetarli miqdorda imzo to‘plasa, u vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.