O'zbekistonda Ayollar sudyalari assotsiatsiyasi o'z ishini boshladi
O'zbekistonda Ayollar sudyalari assotsiatsiyasi o'z ishini boshladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy sudda «Muloqotdan natijaga, tajribadan odil sudlovga» shiori ostida O‘zbekiston Ayol sudyalari assosiatsiyasi faoliyati boshlanganiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy sud raisi Robiya Mahmudova mamlakatimizda ayol sudyalarni birlashtiruvchi mustaqil kasbiy platformaning ishga tushishi sud tizimi hayotidagi muhim institusional qadam ekanini ta’kidladi.
Xalqaro anjumanda gender tenglik standartlarini milliy sud amaliyotiga tatbiq etish, ayol sudyalarning kasbiy va liderlik salohiyatini yuksaltirish, inson huquqlarini himoya qilish hamda sud hokimiyatiga jamoatchilik ishonchini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar va xorijiy hamkorlar ishtirokida genderga sezgir sud tizimini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish va xotin-qizlarning odil sudlovdan teng foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Ayol sudyalari assosiatsiyasi joriy yilning 5 mart kuni mamlakatimiz sud tizimida gender tenglik va inklyuziv yondashuvlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.