O‘zbekiston va SEIN DNI farmatsevtika loyihalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va SEIN DNI farmatsevtika loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 14 may kuni Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Janubiy Koreyaning “SEIN DNI Co., LTD” kompaniyasi bosh direktori Chong Il Jong boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda kosmetika va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, GMP standartlari asosida ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda eksport salohiyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida kosmetika va farmatsevtika sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.