O‘zbekiston va Koreya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Koreya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Koreya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi aʼzosi Bok Kivang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, ikki mamlakat rahbarlari darajasida yo‘lga qo‘yilgan ochiq va samarali muloqot barcha sohalardagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish, qo‘mitalar va hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar faoliyatini kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, qonun ijodkorligi, parlament nazorati, hududlararo hamkorlik, yosh parlament aʼzolari almashinuvi kabi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling