O'zbekiston va KODIT tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytiradi
O'zbekiston va KODIT tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytiradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Umid Abidxadjayev “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamda Koreya kredit kafolati jamg‘armasi (KODIT) o‘rtasida bosqichma-bosqich hamkorlik va bilim almashish dasturining ikkinchi bosqichi bo‘yicha KODIT raisi Kang Sung Jun bilan uchrashdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Kompaniya raisi Abbosxon Maxamatov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvdan maqsad O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish, kafolat instrumentlari samaradorligini oshirish, jarayonlarni raqamlashtirish hamda innovatsion startaplarga yo‘l ochish masalalarini o‘rganib chiqishdan iborat bo‘ldi.
Yakunda tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat amaliy tajriba almashish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini izchil davom ettirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani Kompaniya faoliyatiga joriy etishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.