O'zbekiston va GIZ davlat boshqaruvi islohotlarini muhokama qilishdi
O'zbekiston va GIZ davlat boshqaruvi islohotlarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 3-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Samarali davlat boshqaruvi” dasturi doirasidagi GIZ ekspert missiyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida "Good Governance Program" dasturining ikkinchi bosqichini rejalashtirish, Agentlikning keyingi uch yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Unda O‘zbekistondagi dastur vakillari hamda GIZ’ning Germaniyadagi markaziy ofisidan mas’ul ekspertlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Agentlik faoliyati, asosiy funksiyalari, ustuvor yo‘nalishlari va strategik rejalari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shaffoflik va samaradorlikni oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro ishchi muloqotni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.