O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi

UzDaily · 31.10.2025 · 21:28 · 1745 views
O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Yetakchilar huzurida turli yo‘nalishlarda, shu jumladan:

– savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;

– foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;

– geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;

– raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;

– ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;

– maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga raqamli ta’lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik;

– ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;

– raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta’lim salohiyatini oshirish;

– iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.