O'zbekiston va CSCEC yangi qurilish loyihalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va CSCEC yangi qurilish loyihalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va CSCEC yangi qurilish loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ISSV vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov dunyoning eng yirik qurilish korporatsiyasi - China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) rahbariyati bilan uchrashdi.

Xorijiy delegatsiya tarkibidan korporatsiya prezidenti Ven Bing, China Construction Fifth Engineering Division direktorlar kengashi raisi Tyan Veygo hamda CSCEC International va China Construction Sausum bo‘linmalarining top-menejerlari o‘rin oldi.

CSCEC qurilish sanoatining global yetakchisidir: u Fortune Global 500 reytingida kuchli 14 talikka kiradi va eng yirik xalqaro pudratchilarning ENR ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaydi.

Hozirgi vaqtda korporatsiya Toshekntda yo‘l infratuzilmasini EPC+F shartlari asosida rekonstruksiya qilish, quyosh elektr stansiyasini barpo etish va "Haitong City" ko‘p funksiyali majmuasini qurish kabi muhim loyihalarni amalga oshirmoqda.

Muloqotda qo‘shma investitsiya dasturlarining joriy holati tahlil qilindi va ularnikengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar ishtirokchilari strategik sheriklikni davom ettirishga va yangi tashabbuslarni ilgari surishga tayyorliklarini bildirdilar.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarning tizimligiga alohida e’tibor qaratildi, bu esa istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va tomonlar o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling