O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston Transport vazirligi Hyundai Rotem kompaniyasi bilan elektropoyezdlar yetkazib berish masalasini muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 02.07.2025 · 16:25 · 475 views
O‘zbekiston Transport vazirligi Hyundai Rotem kompaniyasi bilan elektropoyezdlar yetkazib berish masalasini muhokama qildi
O‘zbekiston Transport vazirligi Hyundai Rotem kompaniyasi bilan elektropoyezdlar yetkazib berish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 1-iyul kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi vitse-prezidentlari Kvag Chol Xun va Li Vonsang boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Hyundai Rotem” kompaniyasidan xarid qilinayotgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta elektropoyezdni ishlab chiqarish jarayonlarining bugungi holati va yetkazib berish muddatlari bo‘yicha axborot berildi.

Shuningdek, tomonlar “Hyundai Rotem” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi.