O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O‘zbekiston tajribasi One Health kongressida muhokama qilindi

Dilafro'z Niyazova · 08.09.2026 · 13:00 · 29 views
O‘zbekiston tajribasi One Health kongressida muhokama qilindi
O‘zbekiston tajribasi One Health kongressida muhokama qilindi / Foto: Oziq-ovqat xavfsizligi qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Lissabonda bo‘lib o‘tayotgan One Health 9-jahon kongressida O‘zbekiston tajribasi muhokama qilinmoqda. Alohida sessiyada ishtirokchilar O‘zbekiston, Singapur va Malavining «Yagona salomatlik» sohasida milliy rejalarni amalga oshirish bo‘yicha tajribasini ko‘rib chiqmoqda.

One Health yondashuvi insonlar, hayvonlar va o‘simliklar salomatligi, shuningdek, atrof-muhit holatini yagona tizimning o‘zaro bog‘liq elementlari sifatida kompleks ravishda ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. Bunday yondashuvga ehtiyoj inson salomatligiga tahdid soluvchi ko‘plab omillarni birgina soha doirasida samarali hal etib bo‘lmasligi bilan bog‘liq.

Bunga qushlar orasida viruslarning tarqalishi misol qilib keltirilmoqda. Uning oqibatlari parrandachilik sohasi doirasidan tashqariga chiqishi mumkin. Antibiotiklarga chidamlilik bilan bog‘liq vaziyat ham shunga o‘xshash bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash va veterinariya tizimlariga taʼsir qiladi.

Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning qisqarishi va atrof-muhit degradatsiyasi bir vaqtning o‘zida insonlar, hayvonlar va o‘simliklar salomatligiga taʼsir ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan One Health konsepsiyasiga xalqaro eʼtibor kuchayib bormoqda. Lissabonda o‘tayotgan kongressda asosiy urg‘u ushbu yondashuvni qo‘llash zarurligi haqidagi umumiy bayonotlardan amaliy chora-tadbirlarga o‘tishga qaratilgan.

«Yagona salomatlik» tamoyillarini amalga oshirish veterinariya xizmatlari, sog‘liqni saqlash tizimi, o‘simliklarni himoya qilish va karantin organlari, ekologik tuzilmalar, ilmiy muassasalar, biznes va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni nazarda tutadi.

Xalqaro sessiya doirasida O‘zbekiston tajribasining muhokama qilinishi mamlakatda insonlar, hayvonlar va o‘simliklar salomatligi, shuningdek, atrof-muhit holati bilan bog‘liq xavflarni kompleks boshqarish masalalariga xalqaro hamjamiyat eʼtibori qaratilayotganini ko‘rsatadi.