O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston tadbirkorlari Mo‘g‘ulistonga yo‘l oldi

UzDaily · 22.06.2025 · 19:48 · 475 views
O‘zbekiston tadbirkorlari Mo‘g‘ulistonga yo‘l oldi

O‘zbekiston tadbirkorlari Mo‘g‘ulistonga yo‘l oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligida 150 nafardan ortiq tadbirkorlardan iborat delegatsiya Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tadigan Mo‘g‘uliston–O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etish maqsadida ushbu mamlakatga jo‘nab ketmoqda.

Tashrif doirasida ishbilarmonlar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar, eksport-import operatsiyalari, sanoat kooperatsiyasi hamda sarmoyaviy loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

UzDaily · 👁 475 views · 22.06.2025 · 19:48