O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Britaniya OTMlari bilan kelishuvga erishdi

Dilafro'z Niyazova · 31.08.2026 · 13:25 · 35 views
O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Britaniya OTMlari bilan kelishuvga erishdi
O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Britaniya OTMlari bilan kelishuvga erishdi / Foto: Soliq qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Britaniyadagi oliy taʼlim muassasalari bilan soliq sohasida mutaxassislar tayyorlash va taʼlim dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Kelishuvlar qo‘mita vakillarining Buyuk Britaniyaga ish tashrifi birinchi kunida imzolandi.

London School of Economics and Political Science (LSE) bilan Soliq xizmati oliy maktabi bazasida «Yashirin iqtisodiyot» yo‘nalishi bo‘yicha fakultet ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, O‘zbekistondan 20 nafar mutaxassis Buyuk Britaniyada stajirovka o‘tashi mumkin bo‘ladi.

Hamkorlikning alohida yo‘nalishi Hull Business School bilan bog‘liq. Britaniya maktabi bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyot va soliq tizimini raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlangan maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasida taʼkidlanishicha, erishilgan kelishuvlar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni keyinchalik milliy amaliyotga joriy etishga qaratilgan.

Shuningdek, hamkorlik soliq sohasi uchun yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashni ham nazarda tutadi.