O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidentini tabrikladi

Dilafro'z Niyazova · 06.07.2025 · 12:07 · 728 views
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidentini tabrikladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi darajasi, ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.