O‘zbekiston ilk bor BMT adliya komissiyasi aʼzosi bo‘ldi

O‘zbekiston ilk bor BMT adliya komissiyasi aʼzosi bo‘ldi

O‘zbekiston ilk bor BMT adliya komissiyasi aʼzosi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vena shahrida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 175 mamlakatidan 1,5 mingdan ortiq yuqori lavozimli vakillar va ekspertlar ishtirok etdi.

Joriy yilda O‘zbekiston ilk bor mazkur nufuzli tuzilmaning aʼzosiga aylandi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva sessiyada milliy maʼruza bilan ishtirok etib, mamlakatda odil sudlov, ayollar va bolalarni himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

U o‘z chiqishida kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik davlat chegaralarini tan olmasligini taʼkidladi. Shuningdek, mazkur tahdidlarga qarshi samarali kurashish faqat xalqaro muloqot, tajriba almashish va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik orqali mumkinligini qayd etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling