O‘zbekiston harbiylari Jahon kubogida medal oldi
O‘zbekiston harbiylari Jahon kubogida medal oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyaning Mersin shahrida 24–28 aprel kunlari universal jang bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi, unda 20 ta davlatdan qariyb 400 nafar sportchi ishtirok etdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi, jamoa tarkibida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ham bor edi.
O‘zbekiston jamoasi vakillari turli yo‘nalishlarda yuqori natijalarni namoyon etib, qator mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Kichik serjant Alisher Choriyev klassik yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
III darajali serjant Sabohat Xolmatova ikki nafar mukofot sohibi bo‘ldi — klassik yo‘nalishda oltin va layt yo‘nalishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
III darajali serjant Zarnigor Yorbekova bronza medaliga sazovor bo‘ldi, leytenant Sodir Maxmudov esa kumush medal sohibiga aylandi.
Jamoaviy hisob natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab, sportchilarning yuqori tayyorgarlik darajasi va milliy jamoaning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini tasdiqladi.