O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston 16 ta davlatga 6,9 mln dollarlik qalampir eksport qilgan

Dilafro'z Niyazova · 01.10.2025 · 17:25 · 1676 views
O‘zbekiston 16 ta davlatga 6,9 mln dollarlik qalampir eksport qilgan
O‘zbekiston 16 ta davlatga 6,9 mln dollarlik qalampir eksport qilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra,  2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatga qiymati 6,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 8,8 ming tonna qalampir eksport qilgan.

O‘zbekiston 8 oyda eng ko‘p qalampir eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 4,7 ming tonna;

Qirg‘iz R. – 1,9 ming tonna;

Ispaniya – 1,1 ming tonna;

Rossiya — 0,4 ming tonna;

Boshqa davlatlar — 0,7 ming tonna.