Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Saudiya Arabistonida ötkazilişi rejalaştirilgan 2027 yilgi futbol böyiça Osiyo kubogi musobaqasi keçroq muddatga köçirildi. Avval turnirni 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralgaça ötkaziş rejalaştirilgan edi. Yangi jadvalga köra, musobaqa 2027 yil 23 dekabrdan 2028 yil 21 yanvargaça bölib ötadi. Bu haqda 3 noyabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) ma’lum qildi.
Qaror 2027 yilgi Osiyo kubogining mahalliy taşkiliy qömitasi va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) bilan ötkazilgan maslahatlaşuvlar yakunlari böyiça qabul qilindi.
AFC izohlaşiça, musobaqani köçirişga mintaqadagi vaziyatning rivojlanişi bilan boğliq favqulodda holatlar sabab bölgan. Qarorga ta’sir körsatgan omillar qatorida jiddiy logistika muammolari va transport qatnovidagi uzilişlar qayd etilgan.
Konfederatsiya bahosiga köra, musobaqani avval tasdiqlangan muddatlarda ötkaziş qiyinlaşgan. Taşkilot ta’kidlaşiça, yangi jadval milliy terma jamoalar, rasmiy şaxslar, muxlislar va turnirning boşqa iştirokçilari manfaatlarini hisobga oliş imkonini beradi.
Osiyo kubogining yangilangan ötkaziliş sanalari tasdiqlaş uçun Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) yuboriladi.
AFC Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi va mahalliy taşkiliy qömitaga musobaqani ötkazişga sodiqligi uçun minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, konfederatsiya turnir taqvimidagi özgariş oqibatlarini imkon qadar kamaytiriş maqsadida barça iştirokçilar va hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettirişini ma’lum qildi.