ORZU BRIDGE xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi
ORZU BRIDGE xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» MCHJning O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati kompaniyaga berilgan litsenziya amal qilishi to‘xtatilgani munosabati bilan tugatildi.
Vakolatli organlar maʼlum qilishicha, 2026 yil 8 yanvarda berilgan 1302693-sonli litsenziya kompaniyaning 2026 yil 8 iyuldagi 2951395-sonli arizasiga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
«Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, litsenziya amal qilishi tugatilganidan so‘ng kompaniya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat tashqarisida ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqini yo‘qotdi.
«ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» MCHJ faoliyati bilan bog‘liq murojaat yoki eʼtirozlarga ega bo‘lgan fuqarolardan ularni 2026 yil 10 avgustga qadar Migratsiya agentligiga yuborish so‘raldi.
Qo‘shimcha maʼlumotlarni (71) 202-33-55 telefon raqami, shuningdek, 171 va 711 qisqa raqamlari orqali olish mumkin.