Oʻzbekistonlik toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari Saudiya Arabistoni mehmonxonachilari bilan shartnomalar imzoladilar
Oʻzbekistonlik toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari Saudiya Arabistoni mehmonxonachilari bilan shartnomalar imzoladilar
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahridagi Humo Arena majmuasida Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan 80 ga yaqin mehmonxona egalari va vakillari ishtirokida B2B uchrashuv tashkil etildi.
Unda 20 dan ortiq mahalliy to‘qimachilik korxonalari vakillari, jumladan Nurteks, Sharmed Tex, Dina Tex, Rohat Tex, NIFX Mega Group Tex, Aisha Home, Samrafoat, Mergan Tex, Urganch Baxmal, Sofiya Sof Textile, Baxt Textile, Xorazm Tex hamda boshqa soha korxonalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida soha korxonalari Saudiya Arabistonining yirik mehmonxona tarmoqlari — Ghaleb Al Mashaar Hotel, Al Ansar Hotels Company, Alolayan Hotels Group, M Hotel Al Dana Makkah, Maden Hotels, Courtyard by Marriott va boshqa mehmonxona vakillari bilan B2B muzokaralar olib bordilar. Soha korxonalari ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulotlar assortimenti haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish hamda savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.