O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

UzDaily · 08.08.2025 · 09:11 · 1102 views
Oʻzbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Oʻzbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 2025-yil 8-avgust kuni, mahalliy vaqt bilan soat 08:58 da Oʻzbekiston hududida 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Yer silkinishlarining epitsentri Andijon viloyati Marhamat tumanida, 15 km chuqurlikda joylashgan (kоordinatalar: 40,55° shim. keng., 72,26° sharq. uzun.). Epitsentrda silkinish kuchi 4 ballni tashkil etgan.

Seysmologlar ma’lumotiga koʻra, yer qimirlash quyidagi hududlarda sezilgan:

Andijon viloyati — 3 ball (epitsentrdan 29 km)

Farg‘ona viloyati — 2–3 ball (45 km)

Namangan viloyati — 2 ball (72 km)

Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharq tomonga 268 kmni tashkil etadi.

Jabrlanganlar yoki vayron bo‘lish holatlari haqida ma’lumot kelib tushmagan.

UzDaily · 👁 1102 views · 08.08.2025 · 09:11