O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Texnologiyalar

Oʻzbekiston va Ummon kosmosda hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Dilafro'z Niyazova · 24.11.2025 · 20:11 · 7007 views
Oʻzbekiston va Ummon kosmosda hamkorlik qilishga kelishib oldilar
Oʻzbekiston va Ummon kosmosda hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzcosmos axborot agentligi xabar berishicha, Oʻzbekiston va Ummon kosmosda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Uzcosmos vakillari Ummon Sultonligi Transport, aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi, OmanLens va Mars Development and Investments kompaniyalarida uchrashuvlar o'tkazishdi.

Unda investitsion loyihalardagi ishtirok, kichik sun’iy yo‘ldoshlar, laboratoriyalar, yer usti stansiyalari, yerni masofadan zondlash va ta’lim dasturlari yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama etildi.