Oʻzbekiston va Qozogʻiston yer osti suvlarini muhofaza qilish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston yer osti suvlarini muhofaza qilish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 1-iyul kuni Toshkent shahrida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Suv konvensiyasi ko‘magida Toshkentoldi transchegaraviy suvli qatlamini muhofaza qilish va undan barqaror foydalanish masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston va Qozog‘iston ekspertlarining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari, xalqaro tashkilotlar hamda gidrogeologiya sohasi mutaxassislari ishtirok etib, Toshkentoldi transchegaraviy yer osti suvlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha yuzasidan fikr almashdilar.
Hamkorlikni yanada rivojlantirish, Anglashuv memorandumini tayyorlash hamda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida transchegaraviy suv sohasidagi hamkorlikni baholash ko‘rsatkichlarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.