Oʻzbekiston va Qatar mehnat migratsiyasi va bandlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Qatar mehnat migratsiyasi va bandlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Qatar mehnat migratsiyasi va bandlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatimizning Qatardagi elchixonasi masʼullari Doha shahrida migratsiyaga oid uchrashuvlar o‘tkazdi.

Qatar mehnat vaziri Ali bin Saeed bilan muloqotda ushbu mamlakat mehnat bozorida talab yuqori sohalarni (tibbiyot, turizm, aviatsiya, axborot texnologiyalari) malakaviy talablarini o‘rganish va O‘zbekistonda maqsadli tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Qatar Bandlik va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi, idoralararo ishchi guruhini tuzish va Qatar standartlariga muvofiq tibbiyot xodimlarini o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dasturlarni ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Qatar hukumatining bandlik tashkiloti Jusour bilan alohida kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuvlar doirasida 2026 yil sentabr oyida Toshkentda 50 dan ortiq Qatar ish beruvchilarini jalb qilgan bandlik forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralarning muhim natijasi Qatar Airways vitse-prezidenti Fathi Attih bilan aviatsiya sanoatiga o‘zbekistonlik mutaxassislarni bosqichma-bosqich jalb qilish to‘g‘risida kelishuvga erishish bo‘ldi. Joriy yilning may va iyun oylarida 65 nafar nomzodni bort kuzatuvchisi, muhandis, aeroport xodimlari lavozimlariga tanlab olish, keyinchalik aviakompaniyada ishga joylashtirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tomonlar Qatar Qatar Airways‘da ishlash uchun uchuvchilik, mexanika, elektrotexnika va muhandislik bo‘yicha oliy maʼlumotga ega 1600 nafargacha mutaxassisni jalb qilish bo‘yicha uzoq muddatli loyihaga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling