O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va O'mon yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 02.07.2026 · 15:45 · 29 views
Oʻzbekiston va O'mon yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va O'mon yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Investitsiya agentligi rahbari o‘rinbosari Munir al-Muniriy bilan uchrashdi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari, qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish, «O‘zbek-O‘mon investitsiya» kompaniyasi («UzOman Capital») salohiyatidan samarali foydalangan holda O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sanoat, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, bank-moliya va boshqa ustuvor sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.